Bugundan Vengriyada 35-Xalqaro informatika Olimpiadasiga start beriladi
Toʻrt nafar iqtidorli yoshlardan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi 28-avgust – 4-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Vengriyaning Seged shahriga joʻnab ketdi.
Terma jamoa tarkibi:
➖ Dilyorbek Valijonov – Andijon shaharidagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;
➖ Dilshodbek Xoʻjayev – Toshkent shahridagi Olmazor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi;
➖ Asilbek Sunnatov –Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oʻquvchisi;
➖ Otabek Joʻrabekov – Toshkent shahridagi Profi School maktabi 11-sinf oʻquvchisi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring