Bugun Toshkent shahridan tashqari Navoiy, Toshkent, Namangan viloyatlarida ham aholi orasidan koronavirus aniqlandi
Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”
Bugun, 8-iyun kuni mamlakatimizda 109 holatda kasallik qayd etildi va jami koronavirusni yuqtirganlar 4440 nafarga yetdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, kun davomida Toshkent shahrida 54 ta, Navoiy viloyatida 5 ta, Toshkent viloyatida 4 ta, Namangan viloyatida 3 ta holat aholi orasidan aniqlandi. Shuningdek, 39 ta holat karantin muassasalarida hamda 4 nafar xorijdan mamlakatimiz hududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasidan aniqlandi.
Kun davomida 3 nafar fuqaro sogʻaydi jami tuzalganlar soni 3357 nafarga yetdi. Davolanish koʻrsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1065 nafar bemordan 6 nafari ogʻir, 2 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Shu kungacha jami 444 715 nafar fuqaro karantinga olingan boʻlib, ularning 399 413 nafari karantindan chiqarilgan.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 23 549 nafar, statsionar karantinda esa 21 753 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda boʻlib turibdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring