Bugun toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborishning oxirgi kuni
Maʼlumki, 2026-yilning yanvar iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 6-yanvar kunidan boshlangan va 1-martga qadar davom etishi belgilangandi.
Bugun, 28-fevral kuni toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish yakunlanadi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Murojaatlarni:
- Maktab va bogʻcha pedagoglari “pedagog.uzedu.uz” platformasi, akademik litsey, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim muassasalari pedagoglari “pedagog.edu.uz” platformasi orqali;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali “my.gov.uz” orqali;
- davlat xizmatlari markazlari orqali yuborishlari mumkin boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring