Bugun Prezident Milliy dendrologiya bogʻini barpo etishga start beradi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 1-aprel Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy dendrologiya bogʻini barpo etishga start beradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, davlatimiz rahbari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻchat ekish tadbirida ishtirok etib, Milliy dendrologiya bogʻini barpo etishga start beradi.
Tadbirga mamlakatimizning 14 ta hududi videoaloqa orqali ulanib, ularda ham yashil bogʻlar tashkil etish ishlari boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring