Bugun poytaxtimizda “Jarrohlikdagi innovatsiyalar transformatsiyasi” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi
Bugun poytaxtimizdagi “Trilliant Tashkent” mehmonxonasida “Jarrohlikdagi innovatsiyalar transformatsiyasi” mavzusida xalqaro anjuman boshlanadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi va Germaniyaning Frayburg universiteti klinikasi bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan mazkur tadbirda nemis taʼlim standartlari boʻyicha yurtimizda tibbiyot mutaxassislari tayyorlash, ularni qayta oʻqitish, malakasini oshirish, sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilgʻor diagnostika va davolash usullarini joriy qilish kabi masalalar atroflicha muhokama qilinadi.
Shuningdek, tadbirda Frayburg universiteti shifoxonasining yetakchi olimlari tomonidan onkologiya, urologiya, umumiy jarrohlik yoʻnalishlari boʻyicha maʼruzalar qilinib, mahorat darslari oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring