Bugun Oʻzbekistonda ob-havo harorati 42 darajagacha koʻtariladi
Bugun, 14-iyul kuni Oʻzbekiston hududida asosan quruq ob-havo saqlanib turadi. Respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamolning tezligi 7-12 metr/soniyagacha yetadi, baʼzi joylarda esa 13-18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Bu holat ayrim hududlarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Kunduzgi havo harorati 34-39 darajani tashkil qiladi, respublikaning janubiy va choʻl zonalarida esa harorat baʼzi joylarda 40-42 darajagacha koʻtarilishi mumkin.
Poytaxt Toshkentda bugun yogʻingarchilik kutilmaydi. Ob-havo asosan quyoshli va issiq boʻladi. Shamolning tezligi 5-10 metr/soniyani tashkil etadi. Kunduzgi harorat 37-39 daraja atrofida boʻlishi kutilmoqda.
Togʻli hududlarda esa ob-havo biroz beqaror boʻlishi mumkin. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor. Shamol bu hududlarda ham 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda esa 13-18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Togʻli hududlarda kunduzi havo harorati 27-32 daraja atrofida boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring