Bugun mol-mulk va yer soligʻini toʻlashning oxirgi kuni
Soliq kodeksining 277, 294-moddalariga asosan jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻini toʻlash muddati hisobot yilning 15 oktyabriga qadar etib belgilangan.
Soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaslik, soliq organi tomonidan qarzdorlikni majburiy undiruvga qaratish maqsadida sudga ariza bilan murojaat etilishiga hamda sud ijro hujjati asosida Majburiy ijro byurosi tomonidan qarzdorning
– egaligidagi uy-joy, avtomobil va boshqa mulklardan foydalanishiga taʼqiq qoʻyilishi;
– Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin.
Shu bilan birga, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaslik natijasida soliq qarziga qoʻshimcha ravishda sud xarajatlari ham qarzdordan (ijro yigʻimi, davlat boji, maʼmuriy jarima va boshqa toʻlovlar) undiriladi.
Hurmatli soliq toʻlovchilar mol-mulk va yer soliqlarini 2018 yil 15 oktyabrga qadar toʻlashni unutmang!
Davlat soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar
va huquqiy axborot boʻlimi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring