Bugun matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga roʻyxatdan oʻtishning oxirgi kuni

11:19 30 Yanvar 2026 Jamiyat
380 0

Bugun matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga roʻyxatdan oʻtish yakunlanadi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, bugun, 30-yanvar kuni matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtishning oxirgi kuni. Toʻlovni esa ertaga, 31-yanvargacha amalga oshirish lozim boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtishda talabgorlar oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari 2026-yilning 21-22-fevral kunlari oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Kichik yoshdagi oʻquvchilar milliy sertifikat imtihoni uchun qay tartibda ariza berishi haqida maʼlumot berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер