Bugun — Xalqaro kitobsevarlar kuni
Har yili 9-avgust Xalqaro kitobsevarlar kuni sifatida nishonlanadi. Bu bayram dastlab AQSHda kitobxonlar tomonidan norasmiy tarzda nishonlanib kelingan. Keyinchalik bu anʼana dunyoning turli nuqtalaridagi kitobxonlar orasida keng ommalashdi.
Ushbu bayramga kim qachon asos solgani nomaʼlum. Muhimi, nationaltoday.com saytida yozilishicha, bu kunni dunyo kitobsevarlari smartfonlarini oʻchirib, yaqinlarga kitob ulashish va mutolaa bilan oʻtkazadilar.
“Xalq soʻzi” barcha kitobxonlarga mutolaa zavqi hamisha yor boʻlishini tilab qoladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring