Bugun katta sport festivaliga start beriladi
Bugun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jismoniy tarbiya va sport-sogʻlomlashtirish ishlari boshqarmasi tomonidan Federatsiya tasarrufidagi Yakkasaroy sport majmuasida sport festivali oʻtkaziladi.
Yakkasaroy tumani hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur sport bayrami 15-may — Xalqaro oila kuniga bagʻishlanadi.
Mazkur festivalda sportga qiziquvchi katta-yu kichik yurtdoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin.
Sport festivali dasturidan sportning:
— 5 ming metrlik masofada yurish;
— gimnastika;
— shaxmat;
— shashka;
— stol tennisi;
— darts;
— badminton turlari oʻrin olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring