Bu jazo emas. Balki hokim boʻlib ketar — Saʼdullayev Akmal Jumaboyevning vazifasidan ozod etilishi haqida
“Toshkent besh tashabbus” harakati doirasida hukumat vakillari, vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik faollari, bloger va jurnalistlar muloqotlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.
Tadbirda qatnashayotgan “Xalq soʻzi” muxbiri Inobat AHATOVA xabar berishicha, bugun Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Saʼdullayev bilan yoshlarning ochiq muloqoti oʻtkazildi.
Muxbirimiz Saʼdullayevdan Yoshlar ittifoqining sobiq rahbari Akmal Jumaboyevning vazifasidan ozod etilishiga biror izoh berilmagani haqida soʻradi. Xoʻsh, Jumaboyevning ishdan olinishi unga berilgan jazomidi?
«Akmal Jumaboyev juda koʻp NNTda ishlaganlar, lekin ijro organida ishlamaganlar. Ijro organi tajribasini olishlari kerak. Bu jazo emas. Men hozir ommaviy axborot vositalariga eʼlon qila olmayman. Lekin, Xudo xohlasa balki hokim boʻlib ketarlar yaqinda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring