Bu yil Samarqandda 22 ming gektarda kartoshka ekiladi

17:40 18 Mart 2026 Siyosat
245 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident samarqandlik tadbirkorlar intensiv baliq yetishtirib, hosildorlikni 4-5 karra oshirish uchun panel oʻrnatish xarajatini qisman qoplash va kafolatli suv bilan taʼminlashni soʻragani haqida gapirdi.

Yigʻilishda bu taklif qoʻllab-quvvatlanib, joriy yil 1-maydan boshlab quyosh panellari uchun 16 foizli kredit ajratilishi belgilandi. Panelni oʻz mablagʻidan oʻrnatganlarga 25 foiz xarajati qoplab beriladi.

Oʻtgan yili respublikada 88 ming gektarda kartoshka yetishtirishga 400 milliard soʻm berilgan. Lekin joylarda ish toʻgʻri tashkil qilinmagani uchun 48 ming gektarda kartoshka ekilmasdan qolgan. Berilgan mablagʻning 25 foizi ishlatildi, xolos.

Joriy yilda 135 ming gektar, xususan, Samarqandda 22 ming gektarda kartoshka ekish reja qilingan. Mutasaddilar bu yil rejadagi har bir qarich yerga kartoshka oʻz vaqtida ekilishi shartligi haqida ogohlantirildi.

Jumladan, Misrdan 250 ming dona kartoshka mini tuganagi olib kelinib, Bulungʻur tumanida koʻpaytirish boshlanadi. Gollandiyadan 6 ming tonna urugʻlik kartoshka olib kelinib, fermerlarga ustamasiz yetkazib beriladi.

Shu oʻrinda Oqdaryo tumanida 10 million dona kartoshka mini tuganaklari chiqarish quvvatiga ega “in-vitro” laboratoriyasi ishga tushgani taʼkidlandi. U yerda tayyorlangan 40 ming tonna super elita urugʻini dehqonlarga bepul tarqatish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер