Bu yil 5ta fandan imtihon boʻlishi aniq — DTM

13:24 01 Iyun 2021 Jamiyat
1275 0

Bu yil 5ta fandan imtihon boʻlishi aniq. Bu haqda DTM Bosh boshqarma boshligʻi Farhod Mirzayev maʼlum qildi.

Uning aytishicha, normativ hujjatlar boʻyicha, 3ta majburiy fan va 2ta mutaxassislik fanidan imtihon olinishi aniq. Maksimal ball – 280,5 ball qilib belgilangan.

«Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayevning 5ta fandan imtihon olinishi aniqmas, degan gapi turlicha talqin qilindi. Musayev pandemiya sharoitidan kelib chiqib, degan maʼnoda gapirgandi. Oʻtgan yili ham 5ta fan boʻlsada, pandemiya sabab fanlar 2taga tushirilgandi. Lekin hozir pandemiya holati barqaror.

Agar kasallik koʻpayib ketsagina, unda Qabul komissiyasi holatni koʻrib chiqadi. Hozircha 5ta fandan imtihon olinishi aniq», dedi Farhod Mirzayev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер