Braziliyada kuchli yogʻingarchiliklar oqibatida hayotdan koʻz yumganlar soni 44 nafarga yetdi — OAV
Foto: ТАСС
Braziliyaning Petropolis shahrida kuchli yomgʻirlar oqibatida halok boʻlganlar soni 44 kishiga yetgan.
“Petropolisdagi kuchli yomgʻirlar 44 kishining oʻlimiga sabab boʻldi. Qutqaruvchilar hozircha yana qancha odam bedarak yoʻqolganini aniq bilishmayapti”, deyiladi manbada.
16-fevral, chorshanba kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatida yomgʻir yogʻib, yirik suv toshqinlari va koʻchkilarga sabab boʻlgan. Tabiiy ofatdan eng koʻp Petropolis shahri zarar koʻrgan.
Avvalroq, Kolumbiyaning Doskebradas shahrida kuchli yomgʻir tufayli yuz bergan koʻchki oqibatida 14 kishi halok boʻlib, 29 kishi jarohat olgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring