Braziliyada bir vaqtda koronavirusning ikkita shtammi bilan zararlanish holatlari kuzatildi

16:09 29 Yanvar 2021 Dunyo
1756 0

Braziliyada koronavirusning ikkita shtammi bilan bir vaqtda zararlanish holatlari qayd etildi.

“Reuters” xabariga koʻra, hozir ana shunday yuqtirish bilan bogʻliq ikkita holat roʻyxatga olingan. Har ikki holat ham mamlakatning janubiy qismida aniqlangan. Bemorlarda koronavirusning yengil alomatlari kuzatilgan. Yaʼni bir bemorni quruq yoʻtal, ikkinchisini esa yoʻtal, tomoq va bosh ogʻrigʻi bezovta qilgan. Shu bois ularni kasalxonaga yotqizish zarurati boʻlmagan.

Koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish holatlari boʻyicha Braziliya AQSH va Hindistondan keyin uchinchi oʻrinda bormoqda. Pandemiya boshidan beri mamlakatda ushbu virusni yuqtirganlar soni 9 million nafardan oshib ketdi. Uning asoratlari tufayli hayotdan koʻz yumganlar soni 200 ming nafardan oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер