Braziliya tub aholisi mamlakat prezidentini genotsidda ayblamoqda

04:02 11 Avgust 2021 Dunyo
1337 0

Foto: Reuters

Braziliyaning tub aholisining huquqlarini himoya qiluvchi APIB Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudidan prezident Jair Bolsonaruni genotsid uchun javobgarlikka tortishni soʻragan. Bu haqda "Al Jazeera" xabar bermoqda.

Huquq himoyachilari siyosatchini Braziliyaning tub xalqlarini yoʻq qilish va vatanini vayron qilishda ayblashgan. Ularning soʻzlariga koʻra, 2019-yilda Bolsonaru mamlakat prezidenti vazifasiga kirishganidan etnik ozchiliklarga qarshi “aniq, tizimli va qasddan siyosat” olib borgan.

APIB koordinatori Eloy Terena Braziliya adliya tizimi bu hodisalarni mustaqil ravishda tekshirishga qodir emasligini, shuning uchun fuqarolar xalqaro hamjamiyatdan yordam soʻrab murojaat qilishganini taʼkidladi. 

“Bizning fikrimizcha, Braziliyada insoniyatga qarshi jinoyatlar, genotsid va ekotsidga teng harakatlar amalga oshirilmoqda”, dedi u. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер