Braziliya “Kinder” brendi ostidagi mahsulotlar eksportini taqiqladi

02:58 16 Aprel 2022 Dunyo
1246 0

Foto: Reuters

Braziliya Belgiyadan “Kinder” brendi ostida ishlab chiqarilgan 13 ta mahsulotni olib kirish, sotish va tarqatishni taqiqladi.

Braziliya Milliy sanitariya nazorati agentligi (Anvisa) “Kinder” mahsulotlarini olib kirish, sotish va tarqatishni taqiqlaganini eʼlon qildi. 

Bunday qaror Yevropada ushbu mahsulotni isteʼmol qilish oqibatida salmonella tarqalishi holatlari qayd etilganidan keyin qabul qilingan.

“Braziliya ushbu mahsulotlar yetkazib berilgan davlatlar qatoriga kirmaganiga qaramay agentlik ehtiyot chorasi sifatida aholini xabardor qilish va ushbu mahsulotlarni jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol qilinishi yoki chet eldan olib kirilishining oldini olish uchun profilaktika choralarini koʻrishga qaror qildi”, deyiladi Anvisa bayonotda.

Braziliya cheklovlari Belgiyaning Arlon shahridagi zavodda ishlab chiqariladigan 13 ta mahsulotga taʼsir koʻrsatdi. 8-aprel kuni Belgiyaning oziq-ovqat zanjiri xavfsizligi federal agentligi Italiyaning “Ferrero” ishlab chiqaruvchisining ushbu obyektini vaqtincha yopgan edi.

Braziliya ushbu mahsulotlarni taqiqlagan yagona davlat emas. Dunyoning boshqa bir qator mamlakatlarida ham ushbu mahsulotlarni sotish cheklangan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер