Boyovutda ota oʻgʻillarini sudga berdi

20:03 27 May 2021 Jamiyat
1150 0

Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati, ota oʻz farzandlarini sudga berganligi, ushbu jarayon va sudning yakuniy xulosasi haqidagi maʼlumotni taqdim etdi.

«Fuqarolik ishlari boʻyicha Boyovut tumanlararo sudining 2019-yil 25-iyundagi qarzdorlar – aka-uka Boʻtirqul va Oʻtirqul Biyqulov (maqoladagi personajlarning ismi-sharifi oʻzgartirildi)larning har biridan undiruvchi Yotirqul Biyqulovning foydasiga har oyda, har biridan qatʼiy summada – 120 ming soʻmdan (nafaqa) aliment puli undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati 2019-yilning 4-iyulida Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasiga koʻra, ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, qarzdorlar tanishtirilgan... Davlat ijrochisi tomonidan 2020-yil 5-yanvarda qarzdorlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan», deyiladi xabarda.

Ijro harakatlari davomida, joriy yilning 7-may kuni fuqarolik ishlari boʻyicha Boyovut tumanlararo sudi va MIBning Boyovut tuman boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda ota-bolalar yaʼni, undiruvchi Yotirqul Biyqulov qarzdorlar, yaʼni farzandlari – aka-uka Boʻtirqul va Oʻtirqul Biyqulovlarni yarashtirib, sudning 2021-yil 7-maydagi ajrimi bilan ijro ishi tugatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер