Boʻstonliqda qushlarni noqonuniy ovlayotgan fuqaro jazolandi

19:20 06 Yanvar 2024 Jamiyat
795 0

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Boʻstonliq tumani boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan reyd tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida tumanning “Qoʻshqoʻrgʻon” MFY hududida fuqaro F.S. ov qilish qoidalarini buzgan holatda sayroqi qushlarni ovlayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonunning 17-moddasi talablarini buzganligi uchun huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

F.S. bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari — 3 million 300 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер