Boʻstonliqda loy koʻchkisi sodir boʻldi
Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani hududidan oʻtgan 4R6 “Toshkent — Qibray — Chirchiq — Chimyon” avtomobil yoʻlining 59-60 kilometrlari oraligʻida, “Chimyon” dam olish maskaniga olib boruvchi yoʻlda loy koʻchkisi sodir boʻldi.
Hodisa natijasida hech kimga tan jarohati yetgani yoʻq. Qisqa vaqt ichida avtomobil yoʻli toʻliq tozalanib, transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat berildi.
“Ayni noqulay ob-havo sharoitida barcha harakat qatnashchilaridan ehtiyotkor boʻlishlarini soʻraymiz” deyiladi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring