Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yoʻli maʼlum vaqtga yopiladi. Sababi ham aniq

12:30 25 Iyun 2024 Jamiyat
374 0

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yoʻli maʼlum vaqtga yopiladi. Bu haqda viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, sportning velosport-shosse turi boʻyicha kattalar (erkaklar va ayollar) oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan yoʻllar yopilishi koʻzda tutilgan.

Musobaqa sababli joriy yilning 25-26-iyun kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 “Bektemir-Chorbogʻ” avtomobil yoʻlining 34 va 54 kilometrlari oraligʻida transport vositalari harakati cheklanadi.

Start chizigʻi Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqinidan boshlanib, Gʻazalkent shahriga kirish qismida yakunlanadi.

“Boʻstonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер