Bosib olingan Falastin hududidan Isroil qoʻshinlari chiqib ketishini talab qiluvchi rezolyutsiya qabul qilindi. Oʻzbekiston qanday ovoz berdi?

10:57 19 Sentyabr 2024 Siyosat
515 0

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasi Isroildan Falastinning bosib olingan hududlaridan kuchlarini olib chiqishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda “UN News” xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, BMTga aʼzo davlatlar Isroilning Falastin hududlarini bir yil (12 oy) ichida okkupatsiya qilishini toʻxtatishini talab qilgan. Agar qaror Isroil tomonidan bajarilmasa, aʼzo davlatlar Tel-Avivga sanksiyalar kiritish talabini oʻz ichiga olgan rezolyutsiyaga imzo chekishgan.

Qayd etilishicha, bir qator tashabbuskorlar tomonidan taklif etilgan rezolyutsiya uchun 124 ta delegatsiya ovoz berdi. 43 ta davlat betaraf qoldi, 14 tasi esa qarshi chiqdi, deyiladi BMT matbuot xizmati xabarida.

Berilgan maʼlumotlardan koʻrinadiki, Oʻzbekiston ham bosib olingan Falastin hududidan Isroil qoʻshinlari chiqib ketishiga ovoz bergan.

Rezolyutsiya Isroil qoʻshinlarini Falastin hududlaridan olib chiqib ketishni, yangi aholi punktlari qurilishini toʻxtatishni, bosib olingan yerlar va mol-mulkni qaytarishni, shuningdek, koʻchirilgan falastinliklarni qaytarish imkoniyatini talab qiladi.

BMT Xalqaro sudining 1967-yildan beri Falastin hududlari bosib olinishi “noqonuniy” degan maslahat xulosasiga asoslanadi.

Isroil rezolyutsiyani qatʼiyan rad etgan va Isroil davlatining BMTdagi doimiy vakili Dani Danon ovoz berishni “Falastin muxtoriyatining diplomatik terrorizmini qoʻllab-quvvatlovchi sharmandali qaror” deb atagan.

Avvalroq, 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 8-turida Serbiya va AQSH yurtdoshlarimizga raqib boʻlishi haqida xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер