Boshqaruv kompaniyalari kredit qarzdorligi 43 milliard soʻmdan 22 milliard soʻmgacha qisqardi

16:41 17 Fevral 2022 Iqtisodiyot
1000 0

Фото: "Халқ сўзи"

Bu haqda ayni paytda AOKAda «Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimida olib borilayotgan ishlar, “Mening uyim” billing tizimi va boshqa masalalar ” yuzasidan boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sherzod Hidoyatov aytib oʻtdi.

Bugungi kunda respublika boʻyicha jami 39 265 ta koʻp kvartirali uy mavjud boʻlib, shundan 22 mingdan ziyod koʻp kvartirali uy 3 753 ta shirkat hamda 324 ta boshqaruvchi tashkilot tomonidan boshqariladi. Shuningdek, 889 ta uy bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan boshqarib kelinmoqda. Koʻp kvartirali uylarning 876 tasi boshqa tashkilotlar balansida, qolgan 1 407 tasi boshqaruvsiz uylardir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan, eksperiment tariqasida 2021-yilda hududlarda 15 ta boshqaruvchi tashkilot “ochiq tanlov” yoʻli bilan tanlandi va faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyildi.

Bunda 1 227 ta koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish uchun tegishli shartnomalar tuzildi.

Qisqa vaqt ichida, respublika boʻyicha boshqaruv kompaniyalari kredit qarzdorligi 43 milliard soʻmdan 22 milliard soʻmgacha qisqardi, 500 nafarga yaqin ish oʻrinlari yaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер