Bosh vazir: Bozorlarda narxlarning oshishiga yoʻl qoʻyilmaydi!

21:17 15 Mart 2020 Jamiyat
1259 0

Arxiv surat

Bu haqda 15-mart, soat 13:00 da Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirus mavzusiga bagʻishlangan brifingda aytib oʻtildi.

Karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar koʻriladi.

“Dori vositalari narxi oshishi mumkin. Bozorlarda, doʻkonlarda ham narx oshib ketishi mumkin. Lekin bunga qarshi jiddiy kurashiladi”, – dedi Bosh vazir Abdulla Aripov.

Vazirning qoʻshimcha qilishicha, prezident topshirigʻi bilan Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat soliq qoʻmitasi buni juda qattiq nazorat qiladi.

“Narx-navo boʻyicha hamma qattiq ogohlantirilmoqda, oʻyin qilmoqchi boʻlganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu xalq boshiga tushgan sinov. Bu vaziyatdan birgalikda chiqib ketishimiz mumkin”, dedi hukumat rahbari jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер