Boris Jonson kasalxonadan chiqdi

18:54 12 Aprel 2020 Jamiyat
948 0

arxiv foto

Avvalroq, Jonson reanimatsiyaga yotqizilgani uchun uning lavozimini vaqtinchalik tashqi ishlar vaziri Dominik Raab vaqtinchalik boshqarib turgani haqida xabar bergan edik.

Mahalliy Britaniya nashrlarining maʼlum qilishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kasalxonadan chiqqan.

Shifokorlar tavsiyasiga koʻra u hozircha ishga kirishmaydi. Shuningdek, Bosh vazir Sent Tomas kasalxonasidagi hammaga minnatdorchilik bildirib, virus yuqtirganlarning barchasiga salomatlik tilagan.

Boris Jonson 6-aprel kuni Londondagi Sent Tomas kasalxonasiga yotqizilgandi. Uch kun davomida jonlantirish boʻlimida davolangan Jonson 10-aprel kuni oddiy palataga oʻtkazilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер