Bolgariya prezidenti korteji yoʻl-transport hodisasiga uchradi
Foto: AP
Bolgariya prezidenti Rumen Radev kortejining bosh mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi (YTH) sodir boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu koʻngilsiz voqea Plovdiv shahri yaqinida yuz bergan. Avtomobil yuk mashinasiga borib urilgan va hodisa oqibatida prezident jamoasining ikki xodimi, jumladan, uning davolovchi shifokori tan jarohati olgan. Har ikki jabrlanuvchi kasalxonaga olib ketilgan.
Fojiaga yomgʻir yoqqani sabab boʻlgani aytilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring