Boʻlajak tadbirkorga koʻmak berildi

17:24 16 Dekabr 2019 Iqtisodiyot
1296 0

Davlatimiz tomonidan fuqarolarga tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ichki bozorni oziq ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida koʻplab shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Navoiy viloyati Navbahor tumani “Koʻhron” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi fuqaro B.Nartayev ham tadbirkorlik bilan shugʻullanish maqsadida bankdan 23 000 000 soʻm miqdorida broyler joʻjalari olish uchun kredit olgan edi. Oradan belgilangan muddat oʻtgan boʻlsa-da, taʼminotchi tomonidan shartnoma shartlari toʻliq bajarilmaganligi yaʼni unga tegishli 400 dona broyler joʻja va ularni boqish uchun moʻljallangan 1,5 tonna yem mahsuloti yetkazib berilmayotganidan qattiq norozi boʻlgan. Shu sabab ham u Navoiy viloyati Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasiga murojaat qilgan. Jamiyat xodimlari tomonidan fuqaro murojaati oʻrganib chiqildi va qisqa vaqt ichida tadbirkorga tegishli boʻlgan 9 050 000 soʻm miqdoridagi joʻjalar va yem mahsuloti taʼminotchi tomonidan isteʼmolchiga yetkazib berilishiga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер