Bolali oilalar uchun 2022-yilda davlat byudjetidan 11 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi
Foto: Illustrativ foto
Bolali oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar qamrovi 2017-yilga nisbatan 5 baravarga oshib, 2022-yilda davlat byudjetidan 11 trln. soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi.
Xususan, hozirda bolalar nafaqasi oluvchilar 2 mln. 177 ming oilani yoki oilalar umumiy sonining 23,1 foizini tashkil etadi (18 yoshgacha boʻlgan 5 mln. 5 ming bola yoki ularning umumiy sonining 42,7 foizi).
Har bir oila uchun oʻrtacha yillik hisobda toʻlovlar miqdori 5 mln. 550 ming soʻm (491 dollar), har bir bola uchun esa 2 mln. 414 ming soʻm (214 dollar)ni tashkil etadi. Nafaqa oladigan oilalardagi bolalarning oʻrtacha soni 2-3 bola.
Shuningdek, 2021-yil sentyabr oyidan boshlab, bolali oilalar uchun nafaqa miqdori bolalar soniga qarab oshirildi:
— 1 bolali oilalarga 144 ming soʻmdan 250 ming soʻmgacha (3 yoshgacha — 325 ming soʻm).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring