“Bolalarim kelajagi uchun ovoz berdim”

10:19 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
716 0

Foto: Халқ сўзи

- 65 yoshdaman. Bolalarim bilan Samarqand shahar Qorasuv massividagi yangi qurilgan, zamonaviy koʻp qavatli uyda yashayman. Mahallamiz juda chiroyli, koʻrgan odamning havasi keladi. Har bir uy oldida bolalar maydonchasi bor, biz, keksalar gurunglashib oʻtirishimiz uchun sharoit yaratishni unutishmagan.

Allohga shukr, 6 farzandim, bir etak nabiralarim bilan farogʻatda yashayapman. Bugun ertalabdan mahallamizdagi 12-saylov uchastkasiga kelib, oʻzim maʼqul topgan nomzodga ovoz berdim. Bu bilan bolalarim kelajagi uchun ovoz berganimni his qilib turibman.

Vazifa Ismatova, Samarqand shahri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер