Bolalarga qoʻpol muomalada boʻlganlarga oʻrnatilgan tartibda chora koʻriladi — Maktabgacha taʼlim vazirligi

13:30 20 Fevral 2022 Jamiyat
1391 0

Toshkent shahridagi 442-sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotidagi tarbiyachi tarbiyalanuvchilar bilan qoʻpol muomalada boʻlgan holati aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha taʼlim Bosh boshqarmasi Toshkent shahar prokuraturasiga 16-fevral kuni murojaat xati bilan birgalikda, bogʻchadagi tasvirga olingan videokuzatuvdagi lavhalarni ham yoʻllagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi sohada faoliyat yuritayotgan pedagog tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilarini bolalar bilan muloqot davrida qoʻpol muomalada boʻlganlarni oʻrnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda choralar koʻrishini bildiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер