Bolalarga moʻljallangan kontent yaratuvchi yuridik shaxslarga imtiyozlar beriladi

09:48 18 May 2025 Jamiyat
353 0

Illyustrativ foto

Prezidentning tegishli qarori bilan respublikada bolalar uchun moʻljallangan milliy kontentlar ishlab chiqarish hamda ularni ommalashtirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Unda bolalarda sogʻlom turmush tarzi koʻnikmasi, tabiatni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarga hurmat va ona Vatanga sadoqat hissini tarbiyalashga xizmat qiluvchi kontentlar yaratish, bolalar uchun xavfsiz axborot muhitini shakllantirish hamda ota-onalar va bolalarni internet tarmogʻidagi axborotlarni toʻgʻri baholashga, xavfli kontentlarni aniqlashga yoʻnaltiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish maqsad qilingan.

Shuningdek, bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar 2025-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar foyda soligʻidan ozod boʻlish, ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida toʻlash va bolalar uchun kontentlar yaratish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarini foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlash huquqi kabi imtiyozlarga ega boʻladi.

Bundan tashqari, shu turdagi kontentlar yaratish yoʻnalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida har yili “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan jahondagi yetakchi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun 5 ta kvota ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер