Bolalarga bir olam zavq ulashildi

19:09 30 Dekabr 2022 Jamiyat
1016 0

Urganch shahridagi viloyat musiqali drama teatrida anʼanaviy “Prezident archasi” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Bayram tadbiriga viloyatimiz shahar va tumanlaridan oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, chin yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻgʻil-qizlar, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning farzandlari taklif etildi. Unda Xorazm viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʻrabek Rahimov bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga “Prezident sovgʻasi”ni topshirdi.

Sovgʻalar jamlanmasidan Prezidentimizning Yangi yil bayram tabrigi, 14 turdagi shirinliklar, 3 turdagi oʻquv qurollari, elektron kitob, termos va shaxmat toʻplami oʻrin olgan.

Teatrlashtirilgan bayram dasturi, Yangi yil ertak qahramonlarining chiqishlari bolajonlarga bir olam zavq ulashdi.

 

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер