Bolalar milliy tibbiyot markazida qish mavsumiga tayyorgarlik holati qanday?

19:04 01 Dekabr 2023 Jamiyat
369 0

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov poytaxtimizdagi Bolalar Milliy tibbiyot markazida boʻlib, qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shifo maskanini issiqlik hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu tibbiyot muassasasi Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimidagi eng noyob loyihalardan biridir.

Toʻrt qavatli davolash korpusi 280 oʻringa ega boʻlib, markaz tarkibidagi poliklinika kuniga 300 nafargacha bemor qabul qilishga moʻljallangan. Shifo maskani magnit rezonansli tomografiya, multispiral kompyuter tomografiya hamda onkologik kasalliklarni bir necha yil oldin aniqlaydigan zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan.

Shuningdek, markaz mutaxassislari tomonidan yiliga 6000 ga yaqin, xususan, yaqin yillargacha faqat ilgʻor xorijiy mamlakatlarda amalga oshirib kelingan murakkab va noyob jarrohlik amaliyotlari yuksak mahorat bilan oʻtkazilmoqda.

Vazir tibbiyot muassasasidagi energiya taʼminoti holatini oʻrganar ekan, shifoxonani issiqlik hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, energiya resurslari uzilishlariga yoʻl qoʻymaslik va buning uchun zarur choralar koʻrish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер