Bola uchun aliment undirish

19:14 07 Fevral 2025 Jamiyat
434 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Oʻtgan yilda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan 11,5 trillion soʻmlik 1 million 217 mingta ijro hujjati boʻyicha majburiy ijro harakatlari olib borilib, 8,5 trillion soʻmlik 785 ming 575 ta hujjat ijrosi taʼminlangan. Bu haqda viloyat Matbuot uyida Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasining 2024-yilgi faoliyati sarhisobiga bagʻishlangan matbuot anjumanida boshqarma boshligʻi Surʼat Jabborov maʼlum qildi.

Shundan 524 ming 65 tasi boʻyicha 2,9 trillion soʻmdan ortiq qarzdorlik undirilgan. Xususan, davlat foydasiga 415 ming 40 ta ish boʻyicha 1,2 trillion soʻmga yaqin mablagʻ undirilishi taʼminlangan.

— Viloyatimiz hamon aliment undirish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha respublikada birinchi oʻrinda turibdi, — deydi Surʼat Jabborov. — Har oyda ijroga mingtagacha hujjat keladi. Ayni vaqtda ijroga qaratilgan hujjatlar soni 40 mingtadan oshgan. Oʻtgan yili 145,2 milliard soʻmdan ortiq aliment qarzdorliklari undirib berilgan boʻlsa, 123 nafar undiruvchiga 1 milliard 173 million soʻmga yaqin mablagʻ aliment toʻlovlari jamgʻarmasi hisobidan toʻlab berilgan edi. Afsuski, bu raqamlar muttasil oshib bormoqda.

Tizimda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan muddatlarda va xolisona koʻrib chiqilishiga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер