“Bobodoʻgʻi”lik bobolar nega mushtlashishdi?
Arxiv foto
1962-yil Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tugʻilgan, hozirgi kunda tumandagi “Bobodoʻgʻi” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro K.J. tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qildi.
Tuman IIB HPB olib borgan surishtiruv natijalariga binoan, K.J. qoʻshnisi – 1962-yil Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tugʻilgan, ayni paytda tumandagi “Bobodoʻgʻi” MFYda yashovchi fuqaro L.B. bilan koʻchasi boʻylab oquvchi ariq suvidan tomorqasini sugʻorish masalasida oʻzaro janjallashib qolishadi. Yuzaga kelgan nizo bir-biriga tan jarohati yetkazish bilan yakunlanadi.
Qiziltepa tuman IIB HPB xulosasiga koʻra, L.B. aybdor deb topilib, endi tegishli tartibda qonun oldida javob berishiga toʻgʻri keladi. Biroq vijdon va mahalla-koʻy oldidagi javobgarligi hammasidan ogʻirroq boʻlsa kerak. Boisi shunday tahlikali ulugʻ yoshdagi otaxonlarning bir mahallada qoʻni-qoʻshnilar bilan hamjihatlikda mehr-oqibat ulashib, duoda oʻtirish, yoshlarga ibrat boʻlish oʻrniga, arzimas mayda kelishmovchiliklar sabab bir-birini haqorat qilishi, hatto kaltaklashgacha borishidan kulishingni ham kuyishingni ham bilmaysan kishi.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring