BMTning 1000 ga yaqin xodimi ham koronavirusga chalindi
Foto: rbc.ru
BMTning dunyo boʻylab faoliyat koʻrsatayotgan xodimlari orasidan 953 kishi yangi koronavirusni yuqtirib olgan.
Xalqaro tashkilot rahbarining matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning soʻzlariga koʻra, eng koʻp kasallangan xodim Maliga toʻgʻri keladi – 187 nafar. Ulardan ikki nafari koronavirus tufayli olamdan oʻtdi. 45 nafari tuzalgan.
Ayni paytda butun dunyo koronavirus va uning oqibatlariga qarshi kurashni davom ettirmoqda.
Dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 7,7 millionga yaqinlashdi. Bemorlardan 430 mingga yaqini vafot etdi, 4 millionga yaqin bemor esa tuzalib ketdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring