BMT Xavfsizlik Kengashi “dunyo taqdirini” hal qila olmagani uchun uni isloh qilishga muhtoj— Erdogʻan

00:38 05 Aprel 2023 Dunyo
1264 0

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashi “insoniyat taqdirini belgilash”ga qodir emasligi sababli uni isloh qilish zarurligini aytdi. U xuddi shunday fikrni Anqarada elchilar bilan uchrashuvda bildirgan.

“BMT Xavfsizlik Kengashi shoshilinch va keng qamrovli islohotga muhtoj, chunki u insoniyat taqdirini hal qila olmaydi”, degan Erdogʻan muloqot chogʻida.

Joriy yilning mart oyida Mozambik BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik qilgan edi.

BMT Xavfsizlik Kengashi BMTning doimiy organi boʻlib, unga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun asosiy masʼuliyat yuklangan. Kengash BMTning oltita “asosiy organlari”dan biri hisoblanadi.

Fransiya, AQSH, Rossiya, Xitoy va Buyuk Britaniya uning doimiy aʼzolaridir. Bundan tashqari, Xavfsizlik Kengashining oʻn nafar saylangan aʼzosi bor. Ular BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ikki yil muddatga saylanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер