BMT: Erondagi urush choʻzilsa, millionlab odamlar ochlik yoqasida qoladi

21:52 17 Mart 2026 Dunyo
430 0

Agar Yaqin Sharqdagi qurolli nizo joriy yilning iyun oyigacha davom etsa, dunyoda ochlikdan aziyat chekuvchilar soni yana 45 million kishiga koʻpayishi mumkin. Bu haqda BMT Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori oʻrinbosari Karl Skau maʼlum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

Karl Skauning taʼkidlashicha, nizoning davom etishi oziq-ovqat narxlarining keskin koʻtarilishiga olib keladi.

“Bizning tahlillarimizga koʻra, agar Yaqin Sharqdagi nizo iyun oyigacha choʻzilsa, narxlarning oshishi sababli yana 45 million kishi oʻtkir ochlik holatiga tushib qolishi mumkin. Bu dunyodagi ochlik darajasi rekord darajaga yetishiga olib keladi va bu juda dahshatli istiqboldir”, — dedi u.

Ayni damda butun dunyo boʻylab 319 million kishi oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekmoqda. Ushbu koʻrsatkich atigi besh yil avvalgidan uch baravar koʻpdir. Agar vaziyat oʻzgarmasa, yozga kelib ochlik chegarasidagi odamlar soni 360 milliondan oshishi mumkin.

Ushbu vaziyat xalqaro hamjamiyatdan nizoni tezroq bartaraf etish va global oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha keskin choralar koʻrishni talab qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер