BMT Bosh kotibi Putin va Zelenskiydan uni oʻz poytaxtlarida qabul qilishni soʻradi

23:12 20 Aprel 2022 Dunyo
1562 0

Foto: AP

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya Federatsiyasi va Ukraina rahbarlaridan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun uni Moskva va Kiyevda qabul qilishni soʻragan. Bu haqda BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik aytib oʻtdi.

«Rossiya Federatsiyasi va Ukrainaning BMTdagi doimiy vakolatxonalariga maktublar topshirildi. Ularda Bosh kotib prezident Vladimir Putindan uni Moskvada, prezident Vladimir Zelenskiydan esa Kiyevda qabul qilishni soʻragan», deydi Dyujarrik.

Dyujarrikning taʼkidlashicha, Bosh kotib Ukrainada tinchlik oʻrnatish boʻyicha shoshilinch choralarni muhokama qilishni, shuningdek, koʻp tomonlama munosabatlarning kelajagi haqida muloqot istagini bildirgan. Qoʻshimcha qilinishicha, BMT Bosh kotibi Putin va Zelenskiy bilan oʻt ochishni toʻxtatishni shaxsan muhokama qilmoqchi.

Avvalroq, Guterrish Ukraina atrofidagi mojaro insoniyatning beshdan bir qismidan koʻprogʻini qashshoqlashishiga tahdid qilishni aytib oʻtgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu inqiroz dunyo aholisining 1,7 milliarddan koʻprogʻini oʻnlab yillar davomida misli koʻrilmagan darajada qashshoqlashishi va ocharchiligiga olib kelishi mumkin.

24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Donbassni himoya qilish boʻyicha “maxsus harbiy operatsiya” oʻtkazishga qaror qilganini maʼlum qildi.

Bu qaror AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qoʻllanishiga sabab boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер