BMT Bosh kotibi Oʻzbekistonga keldi

13:36 30 Iyun 2024 Siyosat
558 0

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi, deb xabar bermoqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 30-iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Qisqa suhbatdan soʻng, BMT Bosh kotibi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri hamrohligida oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga joʻnab ketgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер