BMT Bosh kotibi oʻrinbosari Ibraxim Tiav Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi oʻrinbosari va Choʻllanishga qarshi kurash boʻyicha konvensiyasi (UNCCD) ijrochi kotibi Ibraxim Tiav boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmonni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.
Delegatsiya tashrifidan maqsad 2023-yilning 13–17-noyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Choʻllanishga qarshi kurashish Konvensiyasining bajarilishini koʻrib chiqish qoʻmitasi 21-yigʻilishi (CRIC-21) uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishish hamda tadbirni oʻtkazish boʻyicha bitim imzolashdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring