BMT bosh kotibi “Kim Chen Inning sogʻligʻi haqida maʼlumotga ega emasmiz“
Birlashgan Millatlar Tashkiloti KXDR davlat rahbari Kim Chen Inning atrofidagi gap-soʻzlar haqida aniq maʼlumotga ega emas. Bu haqda BMT bosh kotibi Antonio Gutterish matbuot anjumanida maʼlum qilgan.
“KXDR raisi Kim Chen in borasida hech qanday maʼlumotga ega emasmiz”, – degan Gutterish.
Eslatib oʻtamiz, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 12-apreldan beri omma oldida chiqish qilgani yoʻq. Bu esa Kim Chen Inning oʻlgani haqidagi mish-mishlarning koʻpayishiga sabab boʻldi. Ayrim manbalar KXDR rahbarining sogʻligʻida muammolar borligini va shaxsiy shifoxonasida davolanayotganini ham taʼkidlamoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring