BMT Bosh kotibi Afrikadagi harbiylarni hukumat uchun emas, balki oʻz mamlakatlarini himoya qilishga chaqirdi

01:11 26 Yanvar 2022 Dunyo
1152 0

Foto: AP

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish harbiy toʻntarishlarni qabul qilib boʻlmasligini aytdi. 

Guterrish Gʻarbiy Afrika davlatlari harbiylarini hokimiyat uchun kurashga emas, oʻz xalqini himoya qilishga chaqirdi. Ushbu bayonot Burkina-Fasodagi davlat toʻntarishidan soʻng berildi.

“Men Burkina-Fasoda yaqinda sodir boʻlgan davlat toʻntarishidan qattiq xavotirdaman. Harbiylarning roli oʻz mamlakatlari va xalqlarini himoya qilishdan iborat boʻlishi kerak, hukumatlarga tajovuz qilish va hokimiyat uchun kurashish emas. Bizda, afsuski, mintaqada terrorchilik guruhlari bor, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdidlarimiz bor. Men bu mamlakatlar armiyalarini armiya sifatidagi professional rolini oʻz zimmasiga olishga, oʻz mamlakatlarini himoya qilishga va demokratik institutlarni tiklashga chaqiraman”, dedi Guterrish.

BMT Bosh kotibining taʼkidlashicha, demokratik jamiyatlar saqlanishi kerak boʻlgan qadriyatdir. XXI asrda harbiy toʻntarishlarga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.

Burkina-Fasodagi tartibsizliklar 23-yanvar kuni boshlangan. OAV taxminiy sabablar sifatida 2015-yilda davlat toʻntarishiga boshchilik qilgan general Gilbert Diyenderni ozod etishga urinishni keltirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер