Bloger Abror Muxtor Aliy hibsga olindi
Taniqli diniy bloger Abror Abduazimov (Abror Muxtor Aliy) Toshkentda hibsga olindi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontoxur tuman sudi 6-fevral kuni tegishli qaror qabul qilgan.
Bloger Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga rioya qilmaslik) va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat vazifasini bajarishiga toʻsqinlik qilish)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, unga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi va 1 BHM (340 ming soʻm) miqdorida jarima solingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring