Blinken Ukrainaga beriladigan navbatdagi harbiy yordam paketi haqida eʼlon qildi
Foto: Reuters
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Vashington Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini 21-iyun kuni eʼlon qiladi. Bu haqda u Londondagi matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Blinken Qoʻshma Shtatlar Ukrainani qancha kerak boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash niyatida ekanini bildirdi.
"Biz ushbu majburiyatni bajarishda davom etamiz", dedi AQSH Davlat kotibi.
Pentagonning maʼlum qilishicha, Ukraina uchun yangi yordam paketiga 15 ta “Bradley” piyodalar jangovar mashinasi va oʻnta “Stryker” zirhli transportyorlari kiradi.
NATOning Bryusseldagi yigʻilishidan soʻng Finlyandiya mudofaa vaziri Antti Kaykkonen mamlakat oʻz xohish-istaklarini inobatga olgan holda Ukrainaga harbiy yordamning 17-paketini tayyorlayotganini maʼlum qilgan edi.
Bundan oldin Kanada mudofaa vaziri Anita Anand mamlakat Ukrainaga 43 ta "AIM-9" rusumli aviaraketalarni topshirishini aytgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring