«Biz uni butunlay yoʻq qildik" — Emomali Rahmon Tojikiston koronavirus ustidan gʻalaba qozonganini eʼlon qildi

13:51 26 Yanvar 2021 Dunyo
1162 0

Tojikiston Covid-19 virusini toʻliq magʻlub etdi, dedi Prezident Imomali Rahmon parlamentga qilgan murojaatida. Bu haqda «Ria» nashri xabar bermoqda.

“Hozir Tojikistonda koronavirus yoʻq, biz uni butunlay yoʻq qildik”, dedi davlat rahbari.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, Tojikiston hukumati oʻtgan yili milliy sogʻliqni saqlash tizimini qoʻllab-quvvatlash uchun 1,6 milliard somoniy (145 million dollardan ortiq) ajratgan va mamlakatda 30 ga yaqin yangi kasalxonalar zudlik bilan foydalanishga topshirilgan.

“Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish maqsadida Covid-19 yuqtirgan bemorlar uchun 7000 dan ortiq yangi shifoxonalar tashkil etildi, ularga 5400 tibbiyot xodimi xizmat koʻrsatdi”, dedi davlat rahbari.

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 15 kundan beri Tojikistonda koronavirus infeksiyasining yangi holatlari aniqlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер