“Biz shunchaki prezident Trampni qoʻllab-quvvatlash uchun keldik”... Vashingtonda norozilik namoyishlari boshlandi
Vashingtonda AQSH prezidenti Donald Trampning oʻn minglab tarafdorlari 2020-yilning noyabr oyida mamlakatda oʻtkazilgan prezidentlik saylovlari natijalariga qarshi norozilik namoyishlarini boshlab yuborgan.
Taʼkidlanishicha, olomon Oq uyning janubida toʻplanib, Trampning chiqish qilishini kutmoqda. Shundan soʻng ular Kapitoliyga yurishni rejalashtirgan. Bu yerda Kongress saylov natijalarini tasdiqlashi kerak.
“Biz shunchaki prezident Trampni qoʻllab-quvvatlash uchun keldik”, deydi namoyishchilardan biri.
Tramp hamon prezidentlik saylovlaridagi magʻlubiyatini tan olmayapti. 2020-yilning noyabr oyida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida demokrat Jo Bayden 306, Tramp 232 ovozga ega boʻlgan edi.
Yangi saylangan prezidentning inauguratsiya marosimi 20-yanvar kuniga belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring