Bitiruvchilarga diplom topshirildi

17:08 13 Iyul 2022 Jamiyat
855 0

Milliy tadqiqotlar texnologik universiteti MISiS Olmaliq filiali bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur oliygohni bu yili Konchilik ishi, metallurgiya va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kabi mutaxassisliklari boʻyicha 72 nafar talaba tamomladi.

Tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga filialning tashkil etilishi va tarixiga oid videofilm namoyish qilindi.

Tantanali marosimda Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov, MTTU MISiS rektori Alevtina Chernikova, MTTU MISiS Olmaliq shahridagi filiali direktori Farhodbek Umarov va OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov hamda mamlakatimizning kon-metallurgiya sanoati sohasidagi korxonalar vakillari ishtirok yetishdi.

Tadbirda bitiruvchilar va ularning ota-onalariga samimiy tilaklar bildirildi. Shuningdek ustozlarga ham minnatdorchilik izhor yetildi. Soʻngra har bir talabaga tantanali ravishda diplom topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер