Birjada paxta yogʻining narxi 4,5 foizga pasaydi
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”ning paxta yogʻi bozorida barqarorlik saqlanmoqda. Xususan, 17-23-may kunlari ochiq birja savdolari orqali 2 054,0 tonna paxta yogʻi sotilgan.
Koʻrib chiqilayotgan davrda paxta yogʻining boshlangʻich narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 14 704,5 ming soʻmdan 14 037,9 ming soʻmgacha, yaʼni 4,5% ga pasaydi.
Birjada paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari hafta davomida pasaydi, biroq soʻnggi savdo kunida deyarli oʻzgarmadi va mahsulotning bir tonnasi uchun 15 904,3 ming soʻmni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring