Birjada paxta yogʻining narxi 10 foizga pasaydi
Oʻtgan haftada “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”ning paxta yogʻi bozorida narxlar pasaydi. Hafta davomida birja savdolariga 2 577,0 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va ulardan 973,0 tonnasi, yaʼni 37,7% sotildi. Oʻrtacha xaridorlar soni 147 kishini tashkil qildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari esa 195 tonnaga teng.
Koʻrib chiqilayotgan davrda paxta yogʻining barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 670,7 ming soʻmdan 14 984,3 ming soʻmgacha, yaʼni 10,1% ga pasaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring